20:08 / 23.03.2018
6 725

Dunyodagi "eng qimmat yo‘ltanlamas" atigi 10 nusxada ishlab chiqariladi (video)

Дунёдаги "энг қиммат йўлтанламас" атиги 10 нусхада ишлаб чиқарилади (видео)
Foto: “NV.ua”
Xitoyning “IAT” kompaniyasi qiymati 3,8 million dollarga teng bo‘lgan yangi “Karlmann King” yo‘ltanlamasini taqdim etdi. Avtomobil “Ford F-550” bazasida yaratilgan, biroq undan keskin farq qiladi, deb xabar berdi “Xabar” nashri.

“Karlmann King”ga 460 ot kuchiga ega 6,8 litrli V10 dvigateli o‘rnatilgan. U 6 pog‘onali avtomatik uzatmalar qutisida ishlaydi. Motor quvvati salkam 400 ot kuchini tashkil etadi, biroq maksimal tezligi soatiga 140 kilometrga teng.

“Auto Express” nashri jurnalistlarining ta’kidlashicha, bu kabi dvigatel “Karlmann King” og‘irligidagi yo‘ltanlamasini standart “Dacia Sandero”ga nisbatan sekinroqqa aylantiradi.

Yangi model dizayni burchakli qilib ishlangan. Natijada yo‘ltanlamas “Betmen” haqidagi komikslarda tasvirlangan “Betmobil”ga o‘xshab qolgan. Avtomobil massasi zirhlangan kuzovi bilan birga 6 tonnadan og‘irroq.

Avtomobil salonida qahva tayyorlagich, PS4 pristavkasi, televizor, yo‘lovchilar o‘rindig‘ini boshqarishga mo‘ljallangan maxsus dastur, 20 dinamikli audiotizim va sun’iy yo‘ldoshga ulangan internet mavjud. Salon shiftiga ega “Rolls-Royce Phantom”da ishlatilgan yoritkich o‘rnatilgan.

Taxminlarga ko‘ra, bu kabi mashinadan atigi 10 nusxa ishlab chiqariladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Dunyodagi "eng qimmat yo‘ltanlamas" atigi 10 nusxada ishlab chiqariladi (video)