Germaniyada haydovchisiz uchar taksi namoyish qilindi (video)

  • 17 may 2019, 19:48
  • 943
  • Texnologiya
  • Germaniyada haydovchisiz uchar taksi namoyish qilindi (video)
    Germaniyaning Lilium startap kompaniyasi besh o‘rindiqli uchar taksini namoyish qildi. Kompaniyada ta’kidlanishicha, bu dunyoda birinchi tadqiqot. Lilium vakilining so‘zlariga ko‘ra, yaqinda qurilma sinovdan o‘tkazildi: o‘zi mustaqil havoga ko‘tarildi, havoda turib, yerga qo‘ndi.

    Uchar taksini 36 dona elektr motor harakatga keltiradi. Bu vertikal tarzda ko‘tarish va qo‘nish imkonini beradi. Qurilma soatiga 300 kmni bosib o‘tishi mumkin.

    Bir nechta kompaniyalar bunga o‘xshash qurilmalarni sinovdan o‘tkazishgandi, biroq ulardan hech biri bortiga ikkitadan ortiq odamni olish imkoniyatiga ega bo‘lmagandi.

    “Biz har doim o‘rindiqlar sonini beshtaga yetkazishga harakat qilgandik – bu yanada ko‘proq sayohlar uchun osmonni ochib beradi”, - deydi Lilium asoschilardan biri Deniyel Vigand.

    Endi qurilma yana bir necha sinov parvozlarini o‘tkazishi kerak bo‘ladi. Lilium kompaniyasi 2020 yil o‘rtalarida bu modellarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga umid qiladi.

    Uchar taksilar Airbus, Uber boshqa startap kompaniyalar tomonidan sinovdan o‘tkazilmoqda.

    Ushbu transport vositasining tarafdorlarining so‘zlariga ko‘ra, uchar taksilar shahar aholisi harakatchanligini oshirib, atrof-muhitning ifloslanishini kamaytiradi.

    Manba: Sof.uz

    Фикрлар

    » » Germaniyada haydovchisiz uchar taksi namoyish qilindi (video)