Ulardan qaysi biri omon qolganini taxmin qila olasizmi?
How Ridiculous kanali yutuberlari 3ta telefon chidamliligini sinab ko‘rmoqchi bo‘lishdi: Apple va Samsung'dan flagmanlar va hammamizga tanish bo‘lgan «g‘isht» Nokia 3310. Buning uchun ushbu uch uskuna taxminan 300 metr balandlikdagi vertolyotdan uloqtirildi. Natija esa haqiqatan ham ajablanarli.
Avvaliga Nokia 3310'ni bir necha marta 45, 76, 152 va 228 metr balandlikdan tashlab ko‘rishdi. Telefon barcha holatlarda qismlarga bo‘linib ketdi, ammo ishlashda davom etdi — uchinchi urinishda telefon ekrani singani istisno bo‘ldi. Biroq to‘rtinchi sinovdan so‘ng u o‘zining mashhur «Zmeyka» o‘yinini qiyinchiliksiz ishga tushirdi. Tajriba tashkilotchilarining alohida e’tirof etishicha, sinovlar uchun tanlangan maydon otilish uchun qulay emasdi: yer tosh kabi qattiq.
Ammo final musobaqasi vaqti keldi: uchala qurilma ham 304 metr balandlikdan uchib tushdi. E’tibor berish lozimki, smartfonlar silikon bilan qoplangandi: ularning shishali orqa panellari Nokia'ning plastik qobig‘iga nisbatan olganda avvaldan yutuq olib beradigan holatda emasdi.
Natija hayratlanarli bo‘ldi. Uchala qurilma ham «tirik» qoldi - iPhone 11 Pro orqa paneli sinib parchalangan bo‘lsa, Galaxy S10 + biroz kuchli shikastlandi — kamerasi ishdan chiqdi. Nokia esa hatto parchalanib ketmadi va hech narsa bo‘lmagandek ishlashda davom etdi.
Albatta, video ostidagi sharhlarda eski Nokia haqida hazillarni uchratishingiz mumkin.
G‘alati, nega Nokia qulashidan so‘ng sayyora ikkiga bo‘linib ketmadi? (Ian Meyer)
Bu FEYK! Haqiqiy «nokia» Yerning yadrosigacha yetgan bo‘lardi. (Yikes)
Nokia parchalanmagan. U planetani asrab qolish uchun o‘zini qurbon qilgan. (Koko Lolo)
Nokia qulashi Yerni o‘z o‘qidan chiqarib yubormaganiga hayronman. (The Jokke Rulez) “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi