Amerikaning Apple shirkati butunlay oyna bilan qoplangan qurilmaga patent oldi. Bu safar kompaniya muhandislari smartfonni to‘liq oyna bilan qoplashni taklif qildi.
Ko‘rinishidan u bir parcha shishaga ham o‘xshab ketadi, lekin aslida bu gadjet bir nechta qismlarning birlashmasi bo‘lishi ham mumkin.
Patent hujjatlaridagi rasmlarga qaraganda, ushbu iPhoneʼda na biror tugmacha, na biror port ko‘zga tashlanmaydi. Uning korpusi yaxlit ekrandan iborat – ham old va orqa panellarni, ham yon qirralarni shu displey qoplab olgan. Apple bunday qurilma uchun o‘z operatsion tizimining yangicha versiyasini ham tayyorlayapti.
“Asosiy interfeys gadjetning old yuzasiga chiqariladi, lekin shu bilan birga yon qirralar va orqa tomoni ham qo‘llanishi mumkin. Shuning evaziga foydalanuvchi ekrandagi belgichalarni yonga surib varaqlaganida, ular qo‘shni yuzalarga o‘tib ketadi. Interfeysning o‘zi qurilmaning atrofini halqadek o‘rab olib, yopiq aylana hosil qiladi”, – deyiladi patent hujjatlarida.
Smartfonning old va orqa panellari bo‘lmagani uchun, foydalanuvchi uni qaysi tomonidan ushlab turganini gadjet o‘zi aniqlaydi va kerakli yuzaga bosh sahifani chiqaradi.
"Shisha qoplamali elektron moslama" uchun patent "vizual va muammosiz ko‘rinishi" mumkin bo‘lgan oynaga ishlov berishni ta’minlaydi.
Bunday qurilmaning dizayni yon va orqa tomonlarda qo‘shimcha ekranlar bo‘lishini talab qiladi. Ya’ni Apple hamma tomoni shishali ayfonni emas, balki istalgan tarafidan teginib ishlatsa bo‘ladigan sensorli iPhone bo‘ladi.
Biroq mazkur iPhoneʼning qachon taqdim etilishi haqida gap-so‘z yo‘q; ehtimol, u amalga oshirilmagan loyiha sifatida, shunchaki patent hujjatlarida qolib ham ketar. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?