14:40 / 07.12.2019
6 781

Olimlar har qanday saraton hujayrasini oʻldiradigan virusni yaratdi

Olimlar har qanday saraton hujayrasini oʻldiradigan virusni yaratdi
Foto: “Komsomolskaya Pravda”
Avstraliyaning biotexnologiyalarga ixtisoslashgan Imugen kompaniyasi (Australia biotech company Imugene) mutaxassislari saraton oʻsimtalari hujayralarini oʻldiruvchi sunʼiy virus yaratdi. Bu haqda “Komsomolskaya Pravda” xabar berdi.

Saraton shishlarini yoʻq qiluvchi virus CF33 nomini olgan. Yaqin vaqt ichida uni odamlarda sinab koʻrish rejalashtirilmoqda.

Olimlar yangi virusning muvaffaqiyatiga ishonmoqda. Bunga laboratoriya tekshiruvlari imkon bermoqda. Tekshiruvlar davomida virus 60 turdagi saraton hujayralarini oʻldirgan. Shuningdek, virus sichqonlarda ham ijobiy natija bergan va ularni saratonning turli xil koʻrinishlaridan xalos qilgan.

Maʼlum qilinishicha CF33 ning oʻziga xosligi shundaki, mazkur zamonaviylashtirilgan virus har qanday saraton hujayrasini ichidan yoʻq qilishga moʻljallangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Olimlar har qanday saraton hujayrasini oʻldiradigan virusni yaratdi