Shifokor ichak uchun eng zararli oziq ovqatlarni sanab o'tdi

1 daqiqa o'qish4.8K
Shifokor ichak uchun eng zararli oziq ovqatlarni sanab o'tdi

Gastroenterolog Natalya Motileva ichak salomatligi uchun eng xavfli bo'lgan oziq ovqat mahsulotlari haqida ogohlantirdi. Mutaxassisning ta'kidlashicha, ultra qayta ishlangan mahsulotlar inson organizmi, xususan, oshqozon ichak tizimi uchun jiddiy xavf tug'diradi.

Shifokor ayniqsa kolbasa, hot dog va jambon kabi go'sht mahsulotlarini haftasiga 500 grammdan ortiq iste'mol qilishni tavsiya etmaydi. Bunday mahsulotlarni muntazam yeyish yo'g'on yoki to'g'ri ichak shilliq qavatida xavfli o'smalar, ya'ni kolorektal saraton rivojlanish ehtimolini sezilarli darajada oshiradi.

Shuningdek, fastfud, chips va shakarli gazlangan ichimliklar ham ichak mikroflorasiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Bunday mahsulotlar ichakdagi foydali bakteriyalar xilma xilligini kamaytirib, ovqat hazm qilish jarayonini qiyinlashtiradi va immunitetni tushiradi. Natijada odamda turli yallig'lanish kasalliklari kelib chiqishi mumkin.

Motilevaning so'zlariga ko'ra, sanoat usulida tayyorlangan mahsulotlar tarkibidagi emulgatorlar diareyani keltirib chiqarsa, ortiqcha tuz va shakar moddalari tanada shish paydo bo'lishiga sabab bo'ladi. Bundan tashqari, tarkibida ko'p miqdorda fruktoza bo'lgan mahsulotlar ichak harakatini buzib, qorin dam bo'lishi va og'riqlarni yuzaga keltiradi. Shifokor sog'lom bo'lish uchun tabiiy va kam qayta ishlangan mahsulotlarga ustunlik berishni maslahat beradi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?