22:38 / 07.12.2019
9 190

Boshingiz ko‘p og‘riydimi? Buning sababi nimada?

Boshingiz ko‘p og‘riydimi? Buning sababi nimada?
Barchamizga ma’lumki, bosh og‘rig‘i eng ko‘p tarqalgan kasalliklardan biri. Ayniqsa hozirgi sovuq kunlarda bosh og‘rig‘i bilan aziyat chekayotgan insonlar talaygina.

Bosh og‘rig‘i kasalligi yosh, irq, jins tanlamaydi. Bosh og‘rig‘i asosan nima sabab yuzaga kelishi mumkin? Kuchli stress holati, tushkunlik, toliqish, yuqori qon bosimi kabi muammolar bosh og‘rig‘i kasalligini keltirib chiqarishi mumkin.

Bosh og‘rig‘i kasalligining ham bir qancha turlari mavjud. Ular quyidagicha:
1. Dastlabki bosh og‘riq
2. Ikkinchi darajali bosh og‘riq
3. Kuchli bosh og‘riq
4. Migren
5. Sinus bosh og‘rig‘i

Bosh og‘rig‘ini davolashning ham muqobil usullari bor. Ammo qandaydir muolaja qilishingizdan avval shifokor bilan maslahatlashishni unutmang.

Kerakli muolajalar:
1. Igna bilan davolash

2. Kognitiv xatti-harakatlar bilan davolash

3. Shifobaxsh dorivor o‘simliklar bilan davolash

4. Gipnoz orqali davolash

5. Meditatsiya yo‘li bilan davolash


Bosh og‘rig‘ini kamaytirishda qo‘l keladigan foydali maslahatlar:
1. Muzni og‘riyotgan boshingizga yoki bo‘yningizga qo‘ying, ammo ko‘p vaqtga emas.
2. Stress holatidan o‘zingizni yiroq tuting. Iloji boricha asabiylashmang.
3. Muntazam ovqatlanib yuring. Turli xil dorivor tabiiy damlamalarni ichib yuring.
4. Yengil dush qabul qiling.

5. Har kuni ertalab mashq qilishni kanda qilmang.
6. O‘z vaqtida uxlang.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Boshingiz ko‘p og‘riydimi? Buning sababi nimada?