Andijonda «Ilm-fan yutuqlari – taraqqiyotning muhim omili» mavzusida muloqot bo‘lib o‘tdi, deb yozadi «Daryo» nashri.
Viloyat olimlarining ilmiy salohiyatini yanada oshirish, ilmiy-tadqiqot ishlari ko‘lamini kengaytirish, ilm-fan yutuqlarini amaliyotga tatbiq etish borasidagi ishlar samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Tadbirda ilm-fan sohasini rivojlantirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, sifat jihatdan yuqori darajaga ko‘tarish, ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish, bu borada xalqaro hamkorlikni kengaytirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish va ishlab chiqarishga tatbiq etishni shiddat bilan o‘zgarayotgan davr taqozo etayotgani ta’kidlandi.
Olimlar konstruktorlik-texnologik tashkilotlar, innovasiya markazlari tashkil etish, ilm-fanga asoslangan yangi texnologiyalarni joriy etuvchi korxonalarga, xususan, fermer xo‘jaliklariga imtiyoz va preferensiyalar berish, iqtisodiyotni rivojlantirishga xizmat qiladigan muhim ustuvor tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash, katta tajriba va salohiyatga ega olimlar maktabini yaratish, xalqaro ilmiy markazlar, xorijiy oliy o‘quv yurtlari bilan ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, yosh olimlarning ilmiy izlanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdi.
Andijon viloyati hokimi Sh.Abdurahmonov mutasaddi idoralar rahbarlariga ko‘tarilgan masalalarni ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi