O‘zbekistonda 4ta farmasevtika industrial zonasi (FIZ) tashkil etish loyihasi taklif etilmoqda. Bu haqdagi prezident qarori loyihasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga muhokama uchun joylashtirilgan, deb xabar bermoqda Kun.uz sayti.
Hujjatda Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida «Boysun-farm», Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida «Bo‘stonliq-farm», Jizzax viloyatining Zomin tumanida «Zomin-farm» va Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida «Sirdaryo-farm» industrial zonalari tashkil etish nazarda tutilgan.
Qaror mahalliy xomashyolar asosida farmasevtika mahsulotlari ishlab chiqarish uchun xorijiy va mahalliy investisiyalarni jalb etish, shu orqali aholi uchun yangi ish o‘rinlari tashkil etishga qaratilgan.
Rejaga ko‘ra, bunday industrial zonalar muhlati keyin uzaytirish imkoniyati bilan 30 yil etib belgilanadi. Bu muddat davomida industrial zonalar hududida soliq va boj to‘lovlari imtiyozlari amalda bo‘ladi (investisiyalar hajmiga qarab 3 yildan 10 yilgacha muddatga). “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Kapadze Parij-2024 haqida: «Shomurodovni chaqirishni iloji bo‘lsa, nega bundan foydalanmasligim kerak?»
Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi
Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda
APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi