08:26 / 06.05.2024
120

APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi

APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi
Futbol bo‘yicha Angliya Premer Ligasining 36-turida “Liverpul” va “Tottenhem” 5 may, yakshanba kuni o‘zaro bahs olib bordi.

Uchrashuvning 16-daqiqasida Muhammad Saloh Gakponing uzatmasini golga aylantirdi. Bo‘lim so‘ngida Enryu Robertson hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi.

Ikkinchi bo‘lim boshida Kodi Gakpo mersisaydliklarning uchinchi goliga mualliflik qildi. 59-daqiqada Harvi Elliot hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. 72-daqiqada Risharlison javob golini urdi. Oradan 5 daqiqa o‘tib, Son hisobni qisqartirdi.

Qolgan daqiqalarda gol urilmadi va Yurgen Klopp jamoasi 4:2 hisobida g‘alaba qozondi.

5 may kungi bahslardan so‘ng turnir jadvalining yuqorisi quyidagicha ko‘rinish oldi:

Skrin: Sofascore
“Liverpul” — “Tottenhem” 4:2
Gollar
: 1:0 – 16 Saloh, 2:0 – 45 Robertson, 3:0 – 50 Gakpo, 4:0 – 59 Elliott, 4:1 – 72 Risharlison, 4:2 – 77 Son Hyon Min.

“Liverpul”: Alisson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Kuansa, Robertson (Gomes, 64), Endo (Baychetich, 65), Mak Allister (Gravenberx, 75), Elliott (Soboslai, 83), Saloh, Dias (Nunes, 75), Gakpo.

“Tottenhem”: Vikario, Porro, Romero, van de Ven, Emerson (Skipp, 61), Bentankur (Risharlison, 61), Bissuma, Sarr (Lo Chelso, 75), Kulusevski (Meddison, 61), Son Hyon Min, Jonson.

Ogohlantirishlar: Sarr (44), van de Ven (47), Emerson (57), Bissuma (63), Aleksander-Arnold (90+2).

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi