20:03 / 06.05.2024
706

Kapadze Parij-2024 haqida: «Shomurodovni chaqirishni iloji bo‘lsa, nega bundan foydalanmasligim kerak?»

Kapadze Parij-2024 haqida: «Shomurodovni chaqirishni iloji bo‘lsa, nega bundan foydalanmasligim kerak?»
O‘zbekiston olimpiya jamoasi bosh murabbiyi Temur Kapadze Parij-2024ga borishi mumkin bo‘lgan o‘yinchilarning 35talik kengaytirilgan qaydnomasiga milliy jamoaning asosiy tarkib o‘yinchilari kiritilganini maʼlum qildi.

«Olimpiada yo‘llanmasi uchun kechgan Osiyo kubogida 23talik ro‘yxatdan foydalangan bo‘lsak, endi Parijdagi turnir uchun 18 nafar futbolchini olib keta olamiz. Ulardan ikki nafari darvozabon bo‘lsa, 16 nafari maydondagi o‘yinchilar bo‘lishi kerak. Bu ham men uchun o‘ziga xos boshog‘rig‘i bo‘ladi. Ha, milliy jamoa o‘yinchilarini 35talik kengaytirilgan ro‘yxatga berganman. Olimpiada yaqinlashgani sari kim qanday holatda bo‘lishini inobatga olib, tarkib qisqarib boraveradi.

Parij-2024 o‘yinlari FIFA kunlarida emasligini ham inobatga olishimiz kerak bo‘ladi. Sababi yana legionerlar muammosi chiqishi mumkin. Ha, o‘sha payt chempionatlar hali boshlamagan bo‘ladi, baribir tarkib masalasi Olimpiadaga yaqin aniqlanadi. Biz 18 nafar individual kuchli, universal o‘yinchini olib borishimiz kerak. Har bir chiziqda ikkitadan o‘yinchi ololmasligimiz bois, ikkita pozitsiyada o‘ynay oladigan universal o‘yinchilar ham kerak bo‘ladi.

Tarkib uchun yoshi katta o‘yinchilardan kimlarni chaqirmoqchiman? Kengaytirilgan tarkibga milliy jamoa asosiy tarkibini deyarli hammasini qo‘shdim. Yaʼni, Srechko Katanes qo‘l ostida o‘ynab yurgan 10 nafar asosiy o‘yinchini ro‘yxatga kiritdim.

Shomurodov bormi? Eldor albatta bo‘ladi bunday tarkibda. Manimcha, Eldor istalgan jamoaga yordam bera oladi. Shomurodovni chaqirishni iloji bo‘lsa, nega bundan foydalanmasligim kerak? Bitta masala-da, gap – yoshi katta yoki kichikda emas, hamma gap – oldimizga qo‘yilgan vazifada va uni bajarishda!
», - deydi Temur Kapadze “Sport” telekanalining «Bizning futbol» dasturidagi intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Parij-2024 Olimpiadasi 26 iyuldan 11 avgustga qadar bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston S guruhida Ispaniya, Misr va Dominikan Respublikasi bilan o‘ynaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kapadze Parij-2024 haqida: «Shomurodovni chaqirishni iloji bo‘lsa, nega bundan foydalanmasligim kerak?»