13:49 / 20.09.2017
5 430

O‘zbekistonning Turkiyadagi yangi elchisi vazifasiga kirishdi

O‘zbekistonning Turkiyadagi yangi elchisi vazifasiga kirishdi
Bugun, 20 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Turkiya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Alisher A’zamxo‘jayev Toshkentdan Turkiyaga jo‘nab ketdi. Bu haqda «O‘zbekiston TIV» saytiga tayanib «Kun.uz» xabar berdi.

Ilgari TIV markaziy apparati MDH mamlakatlari, shu jumladan Rossiya bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan A’zamxo‘jayev avgust oyi oxirida lavozimga tayinlangandi.

A’zamxo‘jayev 12 yildan buyon O‘zbekistonning Anqaradagi elchisi bo‘lib kelgan Ulfat Qodirov o‘rnini egalladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonning Turkiyadagi yangi elchisi vazifasiga kirishdi