Turkiyadagi to‘ntarishda qurbonlar va jarohatlangan soni oshkor etildi

  • Dunyo
  • 16-07-2016, 18:05
  • 1 342
  • Turkiyadagi to‘ntarishda qurbonlar va jarohatlangan soni oshkor etildi

    Turkiya bosh shtabi rahbari vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi Umit Dundarning xabar qilishicha, to‘ntaruv harakati natijasida 41 nafar polisiya xodimi halok bo‘lgan. Shuningdek, 104 nafar to‘ntaruv tarafdorlari qurbon bo‘lgan. Bu haqida Daily Sabah xabar bergan.

    Turkiya telekanallarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir orqali chiqish qilgan Turkiya bosh vaziri Biynali Yildirimning bergan ma’lumotiga ko‘ra, hozirga qadar 2839 kishi davlat to‘ntaruv harakatida ishtirok etganlikda ayblanib, qo‘lga olingan. Taxminan 1440 kishi turli jarohatlar olgan.

    Yildirim o‘z nutqida jurnalistlarning savollariga javob berib, ularga mana shunday murakkab vaziyatda ko‘rsatgan jonbozliklari va vatanparvarliklari uchun katta minnatdorlik bildirdi va barchani birlashishga chaqirdi.

    15 iyuldan 16 iyulga o‘tar kechasi Turkiyada davlat to‘ntaruvini amalga oshirish harakatlari kuzatildi. Harbiylardan iborat guruh mamlakat hukumatini qo‘lga olganlik haqida ma’lum qilishdi. Istanbul va Anqara ko‘chalariga harbiy texnikalar chiqdi, osmonga aviasiya ko‘tarildi. Shahar ichida olib borilgan to‘qnashuvdan keyin Milliy razvedka tashkiloti vakili Nuh Yilmaz davlat to‘ntaruv harakatiga barham berilganini ma’lum qildi.

    Яндекс.Метрика