Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko hukumat Xalqaro valyuta jamg‘armasini qo‘llab-quvvatlash evaziga millionlab ukrain oilalariga aziyat etkazayotganini tan oldi. U bu haqda Qadr-qimmat va erkinlik kuni munosabati bilan xalqqa murojaatida aytib o‘tdi.
Poroshenkoning aytishicha, iqtisodiyotda defolt va falokatdan qutulish uchun hukumatda qat’iy va nomashhur choralarga borishdan boshqa iloj bo‘lmagan. Uning ta’kidlashicha, xuddi shunday choralarni Ukrainaning Markaziy va Sharqiy Evropa bo‘yicha muvaffaqiyatga erishgan qo‘shnilari 1990-yillar boshida amalga oshirganlar.
"Biz uchun Xalqaro valyuta jamg‘armasining qo‘llab-quvvatlashi juda muhim bo‘lgan va shunday bo‘lib qolmoqda. Jamg‘arma esa hech qachon shirin dori bermaydi. Shuning uchun biz o‘zimiz istamagan holda millionlab oilalarga aziyat etkazganimizni anglayman. Buning uchun uzr so‘rash gunoh ham emas. Biroq men aminmanki, bu qabul qilingan choralarning samaradorligini yaqin orada borgan sari ko‘proq odamlar his qila boshlaydilar", deb aytib o‘tgan Poroshenko. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi