Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qora dengizga qulagan Tu-154 samolyoti qurbonlari xotirasiga 26 dekabrni umumilliy motam kuni deb e’lon qildi. Bu haqda «Daryo» nashri xabar bermoqda.
Halokatga uchragan samolyot bortida 92 kishi bo‘lgan. Rossiya Mudofaa vazirligi axborotiga ko‘ra, katta ehtimol bilan, yo‘lovchilarning bari halok bo‘lgan.
Rossiya Mudofaa vazirligining Tu-154 samolyoti 25 dekabr tongida Sochida qayta yonilg‘i olganidan so‘ng, Qora dengizga quladi. Samolyot Moskva viloyatidan Suriyaga uchayotgan edi.
Yo‘lovchilarning aksariyati Aleksandrov nomidagi ashula va raqs ansambli a’zolari bo‘lgan. Bortda, shuningdek, Rossiya «Birinchi kanali», «NTV» va «Zvezda» telekanallarining tasvirga olish guruhlari ham bo‘lgan.
Rossiya Mudofaa vazirligidan ma’lum qilishlaricha, samolyotda «Adolatli yordam» jamg‘armasi ijrochi direktori Elizaveta Glinka (Doktor Liza) ham bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi