6 494
Aleksandrov nomli ansambl yakkaxoni yaqinda farzandli bo‘lgani tufayli Tu-154 halokatidan chetda qoldi
Rossiya mudofaa vazirligining halokatga uchragan Tu-154 samolyoti bortida Aleksandrov nomli musiqa va raqs ansamblining deyarli barcha a’zolari bor edi. Faqat uch yakkaxon safarga chiqmadi va shu tufayli omon qoldi, deb yozmoqda «Daryo» nashri.
Ansambl a’zosi Vadim Ananevning aytishicha, faqat bayan va balalaykada kuy ijro etuvchi musiqachilar safarga chiqqan edi. Uning o‘zi esa yaqinda farzandli bo‘lgani bois uyda qolgan edi.
«Men ansambl rahbaridan qolishga ruxsat so‘radim. Bundan tashqari, ertaga chiqish bor edi, shu bois meni hamda yakkaxonlar Valeriy Gavva va Boris Dyakovni qoldirishdi. Xordagi boshqalar uchib ketgandi», — dedi Ananev.
Samolyot bortida jami 92 kishi bo‘lib, ularning 64 nafari ansambl a’zolari edi. Ansambl rahbari, Termizda tug‘ilib o‘sgan Valeriy Xalilov halok bo‘lganlar orasida. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi