
Rossiya Mudofaa vazirligining harbiy-transport samolyoti Sochi aeroportidan chiqib, 20 daqiqadan keyin radarlardan yo‘qolgan. Bu haqda Kun.uz sayti manbalarga asoslanib xabar berdi.
TASS manbasining xabar qilishicha, samolyot Qora dengiz ustida qulagan. Qirg‘oqdan 1,5 km masofada samolyot qoldiqlari topildi.
"Qirg‘oqdan 5,5 km masofada samolyot yoqilg‘isi to‘kilgan. Qirg‘oqdan 1,5 km masofadan layner qoldiqlari topildi. Qora dengiz akvatoriyasida yo‘lovchilarning shaxsiy buyumlari suzib yuribdi", deyilgan xabarda.
Yo‘lovchilarning birontasi tirik qolmagan.
Qora dengiz hududida 7ta kema samolyotni qidirish ishlariga jalb etilgan.
Bundan oldingi xabarlarda samolyot Krasnodar o‘lkasidagi tog‘larga qulagani aytilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar