AQSh prezidenti Donald Tramp eronlik hamkasbi Hasan Ruhoniyga "ehtiyot bo‘lish"ni maslahat berdi, deb yozdi Kun.uz nashri.
Donald Tramp Oq uy matbuot guruhi jurnalistining Eron prezidenti fikriga doir savoliga shunday javob bergan.
"U yaxshisi ehtiyot bo‘lgani ma’qul", — degan Tramp. Eron prezidenti Hasan Ruhoniy "Eronga tahdid qilgan har qanday davlat afsus qiladi", - deya bayonot bergan edi.
AQSh va Eron davlatlari o‘rtasidagi munosabatlar Oq uyga Donald Tramp kelganidan so‘ng birmuncha keskinlashdi. AQSh rahbari, xususan, Eronga Barak Obamadek mehribon bo‘la olmasligini aytgandi. Amerika etakchisi, shuningdek, 2015 yilda erishilgan Eron yadro kelishuviga tanqidiy yondashadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi