Chechenistondan bo‘lgan ikkita batalon Suriyada bir-birini ikki-uch oyda almashtirib turadi. Bu haqda Checheniston rahbari Ramzon Qodirov RT’ga bergan intervyusida xabar qildi deb yozmoqda Kun nashri.
"Bizda u erda yana bir batalon bor, ular bir-birini almashtirib turadi, tajriba – ularda bu hech qanday yangi holat bo‘lmadi, sababi aksariyat musulmonlar bo‘lib, ular bu yo‘lni bosib o‘tishgan hamda terrorchilarni xalqqa bo‘lgan munosabati, ularning naqadar razillik bilan ish tutishi, qanday portlatishlarini ko‘rishgan", - deya aytib o‘tdi Qodirov. Uning qo‘shimcha qilishicha, batalonlar bir-birini har ikki-uch oyda almashtirib turadi.
Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, batalon jangchilari mudofaa vazirligi mukofotlari bilan taqdirlangan. “Ular xavfsizlikni ta’minlashga katta hissa qo‘shishdi, aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borishgan va mudofaa vazirligiga qaraganda, ular buning uddasidan chiqishdi. Ular mukofotlar olishgan”, - deya ta’kidlab o‘tdi Checheniston rahbari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, batalon Suriyadagi vaziyatni o‘rganish bilan ham shug‘ullangan. Bu terrorizm bilan kurash olib borishda yordam beradi. "U erdagi vaziyat – bu bizda bo‘lgan holatning o‘zginasi, o‘sha ssenariy. Yigitlar kerak bo‘ladigan narsani olishmoqda, bu xavfsizlik tuzilmalariga ham joriy etilishi mumkin hamda ulardan nima kutish kerakligini yuz foizga tushunishda yordam beradi", - deya ta’kidlab o‘tdi Checheniston rahbari. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi