17:36 / 14.08.2017
5 729

Yaponiya KXDR raketalari hujumini bartaraf etuvchi mudofaa tizimini ishga tushirdi (Video)

Yaponiya KXDR raketalari hujumini bartaraf etuvchi  mudofaa tizimini ishga tushirdi (Video)
Shimoliy Koreyaning Tinch okeani hududidagi Guam oroliga zarba berish tahdididan so‘ng Yaponiya KXDR raketalari hujumini bartaraf etuvchi mudofaa tizimini ishga tushirdi, deb yozadi Kun nashri. Ta’kidlash joizki, Guam orolida Amerikaning Andersen va Apra-Xarbor harbiy bazalari joylashgan.

Pxenyan bayonotiga ko‘ra, KXDR o‘z tahdidini amalga oshirgan taqdirda ballistik raketalar Yaponiyaning Simane, Xirosima va Koti provinsiyalari ustidan uchib o‘tib, Guam yaqiniga borib tushadi.

"Shanba kuni uch prefektura, shuningdek ularning yonida joylashgan Exime prefekturasiga PAC-3 AQSh raketa mudofaa majmui ishga tushirilishi uchun mas’ul Yaponiya havo mudofaasi bo‘limi etib kelgan", - deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, Yaponiya mudofaasining dengiz kuchlari Yapon dengiziga takomillashtirilgan Aegis radiolokasion tizimi bilan ta’minlangan kemasi jo‘natgan. U ballistik raketalarni nazorat qilishga yo‘naltirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yaponiya KXDR raketalari hujumini bartaraf etuvchi mudofaa tizimini ishga tushirdi (Video)