Afg‘onistondagi Tolibon harakati a’zolari va hukumat amaldorlari bergan ma’lumotga ko‘ra, Rossiya maxfiy dastur orqali mamlakatdagi NATO kuchlariga qarshi harbiy harakatlarni moliyalashtiradi. Mazkur ma’lumot Britaniyaning «Times» gazetasida e’lon qilindi.
Nashrda yozilishicha, Rossiya razvedka xizmatlari O‘zbekiston bilan chegaradagi Xayraton orqali Afg‘oniston ichkarisiga neftni tashiydigan yukmashinalari karvonini jo‘natadi. “Qora oltin” esa Tolibon uchun ishlaydigan kompaniyalarga topshiriladi. Gazetaga xabar berganlarning aytishlaricha, ushbu yuklarning savdosi oyiga 2,5 million dollarga baholangan.
Gazeta xabariga ko‘ra, Tolibonlarga ishlaydigan G‘azna viloyatidagi xazinabonga xalqaro hamkorlar bilan munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan harakatlar doirasida Rossiya ko‘magini oshkor qilishga ruxsat berilgan. Bu o‘z navbatida AQSh prezidenti Donald Trampning 3800 nafar Amerika askarini Afg‘onistonga jo‘natish va hukumatni moliyaviy qo‘llash hajmini orttirish haqidagi qaroriga javob bo‘ldi.
So‘nggi oylarda Rossiya Tolibonga IShIDga nisbatan pozitsiyasini mustahkamlash uchun yordam berishni tezlatdi. Bu AQSh va sheriklariga qarshi Ukrainadan Suriyagacha cho‘zilgan Rossiyaning strategik urushining bir qismidir.
Gazeta tahliliga ko‘ra, Tolibonning Rossiya yordamini e’tirof etishi olti oydan buyun g‘arb davlatlari Rossiyani Tolibonga yordam berishga ayblovlarining birinchi dalilidir.
Tolibon harakati a’zosi: “Rossiyadan pul olishga rozilik bildirmoqchi emasdik. Lekin bu jihodning bu bosqichida zarurat hisoblanadi”, dedi.
Nashrda AQSh mas’ullari Rossiyani Tolibonlarni qo‘llab-quvvatlashda ayblab kelayotgani alohida ta’kidlangan. Bu bilan gazeta AQSh Davlat kotibi Rex Tillersonning quyidagi so‘ziga ishora qildi: “Rossiya Tolibonni qurol-aslaha bilan ta’minlab kelmoqda. Bu xalqaro me’yorlar va Xavfsizlik Kengashining me’yorlarini buzish hisoblanadi”.
Manba: azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?