10:03 / 21.10.2017
6 190

Dunyodagi har oltinchi o’lim hodisasi ekologiyaning ifloslanishi natijasida ro’y beradi

Dunyodagi har oltinchi o’lim hodisasi ekologiyaning ifloslanishi natijasida ro’y beradi
“Ekologiyaning ifloslanishi natijasida orttirilgan kasalliklar kishilarning olamdan erta ko’z yumishlariga olib keladi” deydi horij saytlari. 2015 yilda aynan shu sabab bilan 9 mln odam vafot etgan. Bu OITS, sil va bezgak bilan vafot etish ko’rsatkichidan 3 barobar ko’proqdir.

Ishlab chiqarish jarayonlari va avtomobil gazlari ila havoning zararlanishi, binolar ichidagi zararli moddalar kishi hayoti uchun jiddiy xavf tug’diradi. O’tkazilgan tadqiqotlar natijasida 2015 yilda havoning ifloslanishi 6,5 mln odamni dunyodan olib ketgani ma’lum bo’lgan. Ifloslangan suvdan 1,8 mln, ish joylaridagi zaharli va kantserogan moddalari tufayli 800 ming kishi o’lim bilan yuzlashgan.

Xitoy, Hindiston, Pokiston, Keniya kabi mamlakatlarda tabiatning ifloslanishi har to’rtinchi odamning erta o’limiga sabab bo’lmoqda.
Avvalroq esa Ukraina mamlakatida har ikki soatda 3 ta odam atrof-muhitning buzilishi natijasida hayotdan ko’z yumishi ma’lum qilingan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyodagi har oltinchi o’lim hodisasi ekologiyaning ifloslanishi natijasida ro’y beradi