Qirg‘iziston-Qozog‘iston chegarasidagi voqealar munosabati bilan Turkmaniston va Eron orqali Hind okeaniga chiqish imkonini beruvchi Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishini darhol boshlash kerak. Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev Bishkekda qator davlatlar elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qilish marosimida ana shunday bayonot berdi.
"Hukumat zudlik bilan temir yo‘l tadqiqotlari va loyihalashtirish bilan shug‘ullanuvchi qirg‘iz-xitoy qo‘shma korxonasi uchun imtiyozli kredit masalasini ko‘rib chiqishi darkor. O‘z vaqtida kredit olmaslik kerak, bizga muqobil yo‘l qurishning keragi yo‘q, degan ayrim deputatlarning chinqiriqlaridan keyin hukumat kredit olgani cho‘chigandi. Ular shunchaki o‘zini ko‘rsatish bilan shug‘ullanishganini hayot ko‘rsatmoqda. Iqtisodiyotni rivojlantirish uchun birinchi navbatda yo‘llar kerak", — dedi u.
Prezident "Qirg‘iziston-Qozog‘iston chegarasidagi so‘nggi voqealar zudlik bilan Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘lini loyihalash va qurish zarurligini yaqqol ko‘rsatganini" ta’kidladi.
Atambayev ilgariroq O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Xitoy va Qirg‘iziston hamda "qardosh O‘zbekiston tavsiya etayotgan korxona yoki davlat organi" ishtirokida qo‘shma korxona tuzishga kelishib olganini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston va Qozog‘iston o‘rtasidagi munosabatlar sentyabrda Atambayev Qozog‘istonni mamlakatdagi prezidentlik saylovi jarayonlariga aralashishda ayblaganidan so‘ng yomonlashdi. Qozog‘iston 10 oktyabr kuni Qirg‘iziston bilan chegarada nazoratni kuchaytirganidan keyin chegarada yuk mashinalaridan iborat bir necha kilometrlik tirbandliklar yuzaga keldi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
AQSHning Ukraina bo‘yicha dahshatli rejasi ma’lum bo‘ldi
Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar
"Borussiya D" YECHL finalida "Real"ga mag‘lub bo‘lsa, ko‘proq foyda ko‘radi...