18:26 / 09.05.2024
132

Pokistonda noma’lum qurolli shaxslar 7 kishini otib o‘ldirdi

Pokistonda noma’lum qurolli shaxslar 7 kishini otib o‘ldirdi
Arxiv foto: Al Jazeera
Pokistonning Balujiston viloyatida qurollangan shaxslar 9 may kuni 7 kishini otib o‘ldirgan. Bu haqda Etilaatroz nashri xabar berdi.

Pokiston ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Balujistonning Gvadar shahrida kamida yetti kishi o‘z uylarida uxlab yotgan vaqtida otib o‘ldirilgan. Mahalliy politsiya hodisa yuzasidan tergov qo‘zg‘atgan.

Gvadar politsiya bo‘limi boshlig‘i Mohsen Ali qurolli shaxslar haqida ma’lumot hali aniqlanmaganini bildirgan. Hodisa oqibatida yaralangan bir nafar fuqaro shifoxonaga yotqizilgani bildirilgan.

Otishma sodir etilgan manzil Gvadar portining Surbandar shahriga yaqin hududdagi turar joy mahallasida yuz bergani aytilgan. Politsiya rasmiysi o‘ldirilganlar hududda faoliyat yurituvchi sartaroshxona ishchilari bo‘lganini aytgan. Ularning barchasi Panjobning Xanval tumanidan bo‘lgan.

Ushbu hujum uchun javobgarlikni hozircha hech qaysi terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga olmagan.

Oldinroq Balujistonning Nushki tumanida ham noma’lum bosqinchilar tomonidan 11 kishi otib o‘ldirilgan edi. Qurbonlarning to‘qqiz nafari Panjobdan Taftanga ketayotganlarida nishonga olingan. Yana ikki nafar fuqaro alohida qurolli hujumda halok bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pokistonda noma’lum qurolli shaxslar 7 kishini otib o‘ldirdi