Ostona shahrida Qozog‘istonning ekologik tashkilotlari Assotsiatsiyasining taqdimot marosimi o‘tkazildi. Mazkur Assotsiatsiyaga mamlakat prezidenti Nursulton Nazarboyevning kenja qizi Aliya Nazarboyeva boshchilik qildi.
Mazkur uyushma “yashil” hayot tarzini targ‘ib qilish, ekologik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanadi. Aliya Nazarboyeva jamiyatda ekologik madaniyatni shakllantirish uchun ko‘p mehnat qilish kerakligini ta’kidlagan.
Yangi Assotsiatsiya a’zolarining ilk uchrashuvi Ostonada dekabr oyida o‘tkaziladi.
Qozog‘istonda “yashil” ekologiya tartibini targ‘ib qiluvchi 400 ga yaqin tashkilot mavjud.
Qalampir.uz nashrining yozishicha, uyushma vakillari 2030 yilga borib mamlakatda 40 foizgacha qattiq maishiy chiqindilar yo‘q qilinishini ma’lum qilishdi. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari esa 10 foizni tashkil qiladi.
Bundan tashqari, 2030 yilda mamlakatning ifloslanish darajasi 1995 yilgi ko‘rsatkich bilan bir xil bo‘ladi.
Qozog‘iston Respublikasi prezidentining kenja qizi Aliya Nazarboyeva turli ekologik loyihalarda faol ishtirok etib keladi. U ekologiya haqidagi darslikning ham muallifi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi