AQShga tahdid solayotgan “asosiy terrorchilik xavfi” ma’lum qilindi

  • Dunyo
  • 1-12-2017, 07:58
  • 546
  • АҚШга таҳдид солаётган “асосий террорчилик хавфи” маълум қилинди
    IShID terrorchilik guruhi bugungi kunda AQShga tahdid solayotgan “asosiy terrorchilik xavfi” hisoblanadi. Bu haqda Federal qidiruvlar byurosi (FQB) rahbari Kristofer Rey AQSh kongressidagi chiqishida ma’lum qildi.

    “FQB IShID va AQShdagi ekstremistlarni AQShning xavfsizligiga tahdid soluvchi bosh terrorchilik xavfi deb hisoblaydi”, deb aytgan FQB rahbari.

    Reyning tushuntirishicha, IShID jangarilari o‘z safiga yangi a’zolarni jalb qilgan holda, o‘zining adovatga to‘la qarashlarini targ‘ib qiladi. U, shuningdek, terrorchilik guruhining yangi a’zolarni yollashi haqida so‘zlab berdi. Reyning ta’kidlashicha, jangarilar yangi a’zolarni internet orqali yollaydilar.

    Rey FQB IShID safiga kirmoqchi bo‘lganlarni, AQShda ulg‘ayib, uning hududida terakt amalga oshirmoqchi bo‘lganlarni aniqlash bilan shug‘ullanishini eslatib o‘tdi.

    “Xorijiy terrorchilik tashkilotlaridan tashqari, AQShning o‘zidagi ekstremistik harakatlar ham milliy xavfsizlikka tahdid soladi”, deb qo‘shimcha qildi Rey.

    FQB rahbari “Al-Qoida”dan taralayotgan tahdidga ham to‘xtalib o‘tdi. Uning fikricha, bu guruh jangarilari Pokiston va Afg‘onistonda AQSh va uning ittifoqdoshlariga qarshi zo‘ravonlik harakatlarini amalga oshirishda davom etadi.