Qozog‘istonlik mansabdorlardan biri pora olayotgan vaqtida qo‘lga tushib, o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda “Qalampir” sayti xabar berdi.
“Kazvodxoz” korxonasining Olma-ota filiali direktori Seylxon Muhamadiyev shartnoma imzolanishi yuzasidan tashkilot vakillaridan biridan katta miqdordagi pora olgan. Pora unga bir oy davomida qismlarga bo‘lib berilgan.
2 fevral kuni soat 22:00-23:00 oralig‘ida Muhamadiyev va’da qilingan poraning qolgan 400 ming tengega teng qismini olayotgan vaqtida daliliy ashyo bilan qo‘lga olindi.
3 fevral kuni Muhamadiyev tergov harakatlarini olib borish uchun departamentga olib ketilgan. Bino ichiga kirilgach, oradan taxminan yarim soat o‘tib Seylxon Muhamadiyev 4-qavatda joylashgan tergov xonasining oynasidan o‘zini pastga tashlagan.
Seylxon Muhamadiyev olingan jarohatlar tufayli shu yerning o‘zida jon berdi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi