16:12 / 13.02.2018
3 809

Rossiya fuqorolarining Suriyadagi janglarda halok bo‘lgani tasdiqlandi

Rossiya fuqorolarining Suriyadagi janglarda halok bo‘lgani tasdiqlandi
Stanislav Matveyev va Igor Kosoturovlarning qarindoshlari va do‘stlari RBK agentligiga harbiylarning Suriyada halok bo‘lganligini tasdiqlashdi. Bundan avval Conflict Intelligence Team ularning ismlarini Suriyaning Deyr-ez-Zor viloyatiga berilgan havo zarbasi oqibatida halok bo‘lgan “Vagner guruxi” ishtirokchilari ro‘yxatiga kiritgan edi, deb yozmoqda Tnews.uz sayti.

Asbestlik Stanislav Matveyev taqdiri haqida uning amakivachchasi Igor Pasko ma’lum qildi. Uning so‘zlariga qaraganda, oilasiga harbiyning o‘limi sabablarini aniq aytishmagan, vafot bo‘lgan harbiyning jasadi vataniga olib kelinishini kutishmoqda. “Uning o‘limi bilan bog‘liq sana Amerika aviazarbasi kuniga to‘g‘ri kelmoqda”, – deydi janob Pasko. Igor Kosoturovning do‘sti Lyubava Kocheva harbiy xizmatchi Suriyada 7 fevral kuni vafot etganligini aytdi.

“Boltiq alohida kazaklar okrugi” (“Baltiyskiy otdelnыy kazachiy okrug”) jamiyati yuzboshi Vladimir Loginovning vafot etganini tasdiqladi. Ilk bor bu xabar CIT tomonidan tarqatilgan edi. «Yuzboshi Vladimir 2018 yilning 7 fevral kuni Suriyaning Deyr-ez-Zora tumanida teng bo‘lmagan jangda halok bo‘ldi”, – deyiladi kazaklar jamiyati xabarida.

Unga qadar “Boshqa Rossiya” (“Drugaya Rossiya”) harakatining hamraisi Aleksandr Averin tashkilot faoli Kirill Ananyev halok bo‘lgani haqida “Mediazona”ga tasdiqlagan edi. Bu haqda “Kommersant” gazetasi ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya fuqorolarining Suriyadagi janglarda halok bo‘lgani tasdiqlandi