2017 yilda Rossiya rivojllanayotgan mamlakatlarga ko‘mak tariqasida 1 milliard 200 million dollardan ortiq mablag‘ berdi. Bu haqda tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Aleksandr Pankin bayonot berdi. Bu haqda “RIA Novosti”ga tayanib Tnews.uz yozmoqda.
Gap bu yerda ikki tomonlama munosabatlar doirasida, shuningdek xalqaro tuzilmalarga, jumladan BMTga badal sifatida Moskva tomonidan berilgan mablag‘lar haqida bormoqda, deya izoh berdi Pankin.
Uning so‘zlariga qaraganda, Moskva sobiq sovet hududlaridagi mamlaktlarni, shuningdek “Lotin Amerikasi va Osiyodagi azaliy strategik hamkorlarni” qo‘llab-quvvatlayveradi. Amaldor bu kabi davlatlar “yetarlicha aniqlanganini” aytar ekan, aniq bir mamlaktni tilga olmadi.
Ekspertlarning fikricha, 11 yil mobaynida Rossiya byudjetidan xorijiy davlatlarga ko‘mak maqsadida ajratilgan mablag‘lar 11 barobar oshgan. 2005 yilda bu raqam yuz million dollarni tashkil qilgan edi. Ekspertlar Rossiyadan eng ko‘p ko‘mak oladigan uchta davlat- Qirg‘iziston (323 million dollar), Armaniston (37,3 million dollar) va Tojikiston (21,7 million dollar) ekanligini aytishadi.
So‘ngi yillarda Moskva boshqa mamlakatlarning 80 milliard dollardan ortiq qarzini kechib yubordi, ayni damda Rossiyaning o‘zining tashqi qarzi 50 milliard dollardan ortiqni tashkil qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi