Foto:«Anadolu»
Albert Eynshteyn 1920 yilda yozgan sayohat kundaliklarida Osiyo xalqlari turmush tarzini ifodalashda irqchilik qilgani aniqlandi. Bu haqda «Anado‘lu»ga tayanib "Xabar" nashri ma’lum qilmoqda.
Avstriyalik fizik olim Albert Eynshteyn 1922 — 1923-yillari turmush o‘rtog‘i Elza bilan Uzoq Sharq va O‘rta dengiz bo‘ylab sayohatga chiqqanida yozgan kundaliklarida Osiyo xalqlarining irqchi ekanini qalamga olgan.
Sayohat kundaliklarini Kaliforniya texnologiya instituti (AQSh) kitob holida chop etdi.
Sayohat davomida dastlab Yaponiyaga borgan Eynshteyn kunchiqar yurt fuqarolarini «Muammosiz, zimmasidagi mas’uliyatni tamasiz ado etadigan, xalqi va vatani bilan faxrlanadigan» deya ta’riflagan. Ayollarni esa «Zebu ziynatga o‘ch, g‘ilay» degan.
Eynshteyn xitoylarni robotga o‘xshatgan. Ularning bolalarini esa hissiyotsiz, nodon degan.
Hindlar va shrilankaliklarni esa kam ishlaydigan va ehtiyoji oz insonlar deya ta’riflagan.
O‘rta dengiz atrofida yashovchi kishilarni madaniyatsiz degan.
Eynshteyn 1932 yili turmush o‘rtog‘i bilan uch oylik sayohatga chiqadi. Bu safar u AQShga yo‘l oladi.
Eynshteyn Ikkinchi jahon urushi yillarida AQShda irqchilikka va qora tanlilarga qarshi uyushtirilgan namoyishlarda ishtirok etgani uchun Federal qidiruv byurosi tomonidan ta’qibga olinadi.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi