Gruziyalik Vako Marchilashvili Rubik kubigi boshqotirmasini tez yig‘ish bo‘yicha yangi jahon rekordini o‘rnatib, Ginnes rekordlar kitobidan joy oldi.
18 yoshli o‘smir 6 ta standart ko‘rinishdagi kubikni 1 daqiqa 44 soniyada yig‘a oldi. E’tiborlisi, jahon rekordi nafasni suv ostida ushlagan holda maksimal ko‘p miqdorda kubikni yig‘a olishdan iborat bo‘lgan. Rekord Tbilisidagi akvabog‘da Gruziya rekordlar federatsiyasi vakillari va tomoshabinlar ko‘z o‘ngida o‘rnatildi.
Rekordchi yigit xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib keladi va kubikni tez yig‘ish bo‘yicha Gruziyaning ikki karra chempioni hisoblanadi.
Avval bu boradagi rekordchi amerikalik Entoni Bruks bo‘lib, u 2014 yilda suv ostida 78 soniyada 5 ta kubikni yig‘a olgan. Bruks bu rekordni sig‘imi ikki kub metrlik maxsus konteynerda o‘tirgan holda o‘rnatgan. Marchilashvili ham avvalgi rekordni shu tarzda yangiladi.
Rubik kubigini oddiy sharoitda yig‘ish bo‘yicha jahon rekordi esa 15 yoshli amerikalik Patrik Ponsga tegishli. U bu rekordni 2017 yil sentyabrda o‘rnatib, kubikni 4,69 soniyada yig‘a olgan.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi