2 noyabr kuni tongida Toshkent shahrining Yunusobod tumanida marshrutka ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz sayti yozmoqda.
Hodisa "Minor" metro bekati yaqinida ro‘y bergan. 102-raqamli marshrutka hamda "Gentra" rusumli yengil avtomobil o‘zaro to‘qnashgan.
Guvohlarning so‘zlariga qaraganda, marshrutka yo‘lovchilari yengil jarohatlar olishgan, faqat bir ayol qo‘li sinib, shifoxonaga olib ketilgan.
Guruhi foydalanuvchilari fikriga ko‘ra, avariya "Gentra" avtomobili haydovchisi aybi bilan sodir etilgan. U qizil chiroq yonsa ham to‘xtamagandi.
Ijtimoiy tarmoqning ayrim foydalanuvchilari esa Amir Temur prospekti va Niyozbek ko‘chasi kesishmasida svetoforlar yaxshi ishlamasligini qo‘shimcha qilib o‘tishgan.
"Svetoforlar bir maromda ishlamasligi oqibatida burilmoqchi bo‘lgan avtomobil haydovchilari avariyaga uchramoqda", — deb yozgan ulardan biri. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi