
Chevrolet Cobalt avtomobillari uchun kontraktatsiya 3-noyabr kuni soat 10:00 da boshlandi va 11:45 ga kelib tuzilgan shartnomalar soni 88,2 mingdan oshdi. Bu haqda UzAuto Motors xabar berdi.
Xaridorlarga Cobalt avtomobillarining yangi komplektatsiyalari quyidagi tavsiya etilgan chakana narxlarda taqdim etilmoqda. Shu bilan birga, avtomobillarning eski versiyalari narxi o'zgarishsiz qoldi.
Onlayn kontraktatsiya davomida UzAutoSavdo portali 522 kiberhujumga duch keldi. UzAuto Motors ma'lum qilishicha, onlayn tuzilgan shartnomaning haqiqiyligi QR-kod yordamida tasdiqlanadi.
QR-kodsiz shartnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi. Xaridni uzavtosavdo.uz sayti yoki UzAvtoSavdo mobil ilovasi (iOS/Android) orqali rasmiylashtirish mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar