
UzAuto Motors Chevrolet Cobalt avtomobillari uchun onlayn shartnoma tuzish natijalarini e'lon qildi. Jarayon 3-noyabr 2025-yil soat 10:00 da boshlangan va 12:27 da yakunlangan.
Jami 100 mingta shartnoma tuzilgan bo‘lib, ulardan 99,5 mingtasi One ID tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tgan jismoniy shaxslarga, 507 tasi esa yuridik shaxslarga tegishli. Kompaniya ma'lumotlariga ko‘ra, shartnoma tuzish jarayonida UzAuto Motors'ning qo‘ng‘iroq markaziga 876 ta murojaat kelib tushgan.
Shuningdek, UzAutoSavdo platformasiga 560 ta kiberhujum amalga oshirilgan. Shartnoma tuzgan xaridorlar kelishuv shartlariga ko‘ra, yetti kun ichida to‘lovni amalga oshirishlari lozim.
UzAuto Motors har bir shartnomaga kiritilgan QR-kod uning haqiqiyligini tasdiqlashini eslatib o‘tadi. QR-kodsiz shartnomalar haqiqiy hisoblanmaydi va kompaniya ular uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.
Qo‘shimcha ma'lumotni chevrolet.uz sayti, +998 (78) 141-77-77 telefon raqami yoki Chevrolet'ning rasmiy dilerlik markazlari orqali olish mumkin.
UzAuto Motors 2,5 soatda 100 ming shartnoma tuzdi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar