date

Ertaga qanday ob-havo bo‘ladi?

Ertaga qanday ob-havo bo‘ladi?

O‘zgidromet 21-dekabr, ertaga respublika hududlarida kuzatiladigan ob-havo prognozi bilan bo‘lishdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab havo o‘zgaruvchan bo‘lib, ayrim hududlarda qor, yomg‘ir va tuman kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida kechasi va kunning birinchi yarmida yengil qor yog‘ishi, tuman tushishi ehtimoldan xoli emas. Ayrim yo‘l qismlarida yaxmalak hosil bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–2 daraja sovuq, kunduzi esa 0–2 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda ham ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi, tuman tushishi aytilmoqda. Yo‘llarda yaxmalak ehtimoli bor. Harorat kechasi 0–5 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo o‘zgaruvchan bo‘lib, ayrim hududlarda qor yog‘ishi mumkin. Tuman tushishi ehtimoli saqlanib qoladi. Kunduzgi harorat 0–5 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida ham qor yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Qashqadaryo va Surxondaryoda esa yomg‘ir qorga aylanishi ehtimoli bor.

Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ham yog‘ingarchilik (yomg‘ir va qor), tuman va yaxmalak kuzatilishi mumkin. Tog‘li hududlarda esa vaqti-vaqti bilan qor yog‘ib, ayrim joylarda qor ko‘chishi xavfi saqlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Ertaga qanday ob-havo bo‘ladi?