Lada O‘zbekistonda brendni rivojlantirish uchun juda katta salohiyatni ko‘rmoqda, deya ma’lum qildi «AvtoVAZ»ning savdo va marketing bo‘yicha ijrochi vitse-prezidenti Yan Ptachek.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya Lotin Amerikasi va Yaqin Sharqda eksport sotuvlarini rivojlantirishni rejalashtirmoqda, biroq, birinchi navbatda, Qozog‘iston, Belarus, O‘zbekiston kabi MDH mamlakatlariga e’tibor qaratishni xohlayapti.
Yil boshida 2018 yilda Lada’ning O‘zbekistondagi sotuvlari 57 foizga o‘sgani, mamlakat esa Rossiya kompaniyasi uchun asosiy eksport bozorlaridan biriga aylangani ma’lum bo‘lgandi.
O‘tgan yili kompaniya 2018 yil 10 oyi mobaynida O‘zbekistonda 2,1 ming dona avtomobil sotganini xabar qildi. Lada Vesta oilasidagi avtomobillar yetakchi pozitsiyani egallab turibdi, ular hissasiga sotuvlarning 30%dan ortig‘i to‘g‘ri keladi.
Rossiya avtomobil sanoatining O‘zbekistondagi faoliyatni kengaytirish rejalari haqida 2018 yil aprelida ma’lum bo‘lgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi