O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida yashovchi fuqaro Ilhom Boymurodov «Oriyent Avto Lizing» korxonasi xizmatidan norozi ekani haqida murojaat qildi.
Ilhom Boymurodov avtomashina sotib olish uchun mazkur korxona bilan shartnoma tuzgan. Ammo oradan 7 oy muddat o‘tgan bo‘lsa-da, fuqaroga «Neksiya-3» avtomashinasi yetkazib berilmagan. Vaholanki, mijoz korxonaga 51 184 000 so‘mni oldindan to‘lab qo‘ygan. Avtomobilni yetkazib bermagani uchun mijoz korxona rahbarlaridan to‘langan pulni qaytarishini so‘rab murojaat qilgan. Ammo uning murojaatlari javobsiz qolgan.
Murojaat mutaxassislar tomonidan o‘rganilganida, haqiqatdan «Oriyent Avto Lizing» korxonasi tomonidan iste’molchi huquqi buzilganligi ma’lum bo‘ldi. Korxona rahbarlariga O‘zbekiston Respublikasi «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunning tegishli bandlari talablari tushuntirildi. Natijada fuqaroga 51 184 000 so‘m mablag‘i kaytarib berildi. «Oriyent Avto Lizing» korxonasi rahbarlariga kelgusida bu kabi kamchiliklarga yo‘l qo‘yilsa, Qonunda belgilangan tartibda chora ko‘rilishi tushuntirildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi