5 143
«UzAutoMotors» tomonidan ishlab chiqariladigan avtomobillarga aksiz solig‘i bekor qilinadi
Foto: BBC
2019 yil 1 oktyabrdan keyin tuziladigan shartnomalar bo‘yicha «UzAutoMotors» AJ tomonidan ishlab chiqariladigan avtomobillarga aksiz solig‘i bekor qilinadi. Bu Prezidentning «O‘zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida ko‘zda tutilgan.
Qarorga muvofiq, 2019 yil 1 oktyabrdan boshlab O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan yangi avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun yig‘im avtotransport vositalari ishlab chiqaruvchilari tomonidan to‘lanadi.
«O‘zavtosanoat» AJ va uning tarkibiga kiruvchi korxonalarning asosiy faoliyat turi bilan bog‘liq bo‘lmagan aktivlari quyidagicha sotilishi mumkin:
qo‘shilgan qiymat solig‘ini (ko‘chmas mulk uchun) va haqiqiy qiymatini (xo‘jalik jamiyatlaridagi ulushlar va aksiyalar paketi uchun) hisobga olgan holda ularning qiymatini baholamasdan «E-IJRO AUKSION» elektron savdo maydonchasiga boshlang‘ich bahosi bo‘yicha auksionga qo‘yish orqali;
Savdoga qo‘yilgan vaqtdan buyon ikki oy ichida talabgorlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, boshlang‘ich bahosini qadam-baqadam tushirib borish orqali.
«O‘zbekiston metallurgiya kombinati» AJ ustav kapitalidagi «Avtosanoat invest» MChJ ulushini balans qiymatida Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga topshirish to‘g‘risidagi taklifga rozilik berildi.
«O‘zavtosanoat» AJga ro‘yxat bo‘yicha dilerlik tashkilotlarining ustav jamg‘armalari (kapitallari)dagi ulushlar sotilishini tezlashtirish topshirildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi