«Kapitalbank» UzAuto Motors avtomobillarini xarid qilish uchun onlayn-kreditlashni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda. Qayd etilishicha, «Kapitalbank» avtokreditni onlayn rasmiylashtirishni taklif qila boshlagan.
Kreditni quyidagi modeldagi avtomobillarni xarid qilish uchun olish mumkin:⠀
- Lacetti I pozitsiya (Gaz-balon jihozli);
- Nexia III pozitsiya;
- Spark III pozitsiya;
- Malibu 1,5;
- Tracker AT va AT;
- Trailblazer;
- Kreditning foiz stavkasi avtomobil modeli hamda boshlang‘ich to‘lov hajmidan kelib chiqib — yillik 18% yoki 23,99% tashkil qiladi;
- Kredit muddati – 3 yilgacha.
Onlayn ariza qoldirish uchun zarur hujjatlar:
- O‘zR pasporti;
- STIR;
- Jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchasi.
Karantin bilan bog‘liq vaziyat hamda daromad to‘g‘risida ma’lumotnoma olishning murakkabligini inobatga olgan holda «Kapitalbank» sizning jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchangizdagi ma’lumotlardan kelib chiqib zarur ma’lumotlarni yig‘ib oladi.
Avtomobil xaridi uchun avto.kapitalbank.uz saytidagi zarur shaklni to‘ldirib, ariza qoldirish mumkin. Shundan so‘ng bank xodimlari xaridor bilan bog‘lanadi va keyingi qadamlar haqida ko‘rsatma beradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi