00:18 / 04.04.2020
4 461

Malibu va Tracker uchun chegirma e’lon qilindi

Malibu va Tracker uchun chegirma e’lon qilindi
Foto: UzAuto Motors
UzAuto Motors kompaniyasi Malibu 1,5 va Tracker avtomobillariga chegirma e’lon qildi. Ushbu avtomollarni karantin davrida respublikamizning barcha avtosalonlarida chegirma asosida xarid qilish mumkin. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bunda 100 foiz oldindan to‘lov amalga oshirgan xaridor Malibu 1,5 avtomobili uchun 5 foiz, Tracker uchun 10 foiz chegirmaga ega bo‘ladi. Ya’ni:

- Malibu- 1,5 Turbo – 278 322 334 so‘m o‘rniga 265 000 000 so‘m
- Tracker LT A/T –222 150 992 so‘m o‘rniga 199 000 000 so‘m
- Tracker LT M/T –189 838 121 so‘m o‘rniga 170 000 000 so‘mga sotiladi.

Eslatib o‘tamiz, kecha ushbu modellarni muddatli to‘lov shartlari asosida xarid qilishingiz mumkinligi ma’lum qilingandi.
Mamlakatimizdagi epidemiologik davrda avtomobilni uydan chiqmasdan, onlayn rejimda xarid qilish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Malibu va Tracker uchun chegirma e’lon qilindi