09:40 / 12.06.2020
3 487

Hashamatli salonga ega «tajovuzkor» Ford Ranger taqdim etildi (foto)

Hashamatli salonga ega «tajovuzkor» Ford Ranger taqdim etildi (foto)
Foto: Carlex Design
Polshaning Carlex Design tyuning-atelesi Ford Ranger pikapining «tajovuzkor» modifikatsiyasini taqdim etdi. Mutaxassislar modelning tashqi ko‘rinishi butkul o‘zgartirib yuborgan va salonini hashamatli qilib bezagan, deb xabar beradi Motor.

Tyunerlar loyiha uchun to‘rtinchi avlod Ford Ranger pikapidan foydalanib, uni qora rangga bo‘yagan va atele logotipini yopishtirgan. Mutaxassislar avtomobildagi radiator panjarasini almashtirgan, yangi old bamper qo‘ygan, shuningdek, karter himoyasini kuchaytirgan.

Foto: Carlex Design
Pikapga ulkan kengaytiruvchi arkalar va yo‘ltanlamas rezinalariga ega yangi qora g‘ildirak diskalari o‘rnatilgan. Bundan tashqari, avtomobilda boshqariluvchi «podveska», kuzov orqa qismida farkop (tirkama tortishga mo‘ljallangan), shuningdek, trubadan ishlangan oyoq qo‘ygichlar paydo bo‘lgan.

Foto: Carlex Design
Modifikatsiyaga uchragan pikapning saloni ham o‘zgargan. Tyunerlar o‘rindiqlarni to‘liq qayta tikib, ularning markaziy qismiga kumush rangda atele nomini tushirgan, shuningdek, o‘rindiqlarning pastki qismi uzaytirilgan. Modifikatsiya narxi ma’lum qilinmagan, biroq tyunerlarning so‘zlariga ko‘ra, endilikda ushbu mashinada harakatlanish ham haydovchi, ham yo‘lovchiga qulaylik tug‘diradi.

Foto: Carlex Design

Foto: Carlex Design

Foto: Carlex Design

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Hashamatli salonga ega «tajovuzkor» Ford Ranger taqdim etildi (foto)