11:24 / 16.12.2020
3 730

1 yanvardan kunduzgi chiroqlarni yoqmay harakatlanish jarimaga sabab bo‘ladi

1 yanvardan kunduzgi chiroqlarni yoqmay harakatlanish jarimaga sabab bo‘ladi
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 9 apreldagi qarori bilan, Yo‘l harakati qoidalarining 138-bandiga o‘zgartirish kiritilib, kunning yorug‘ vaqtida barcha avtomototransport vositalarining yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanishi kerakligi belgilangan edi.

O‘sha vaqtda jamoatchilikda paydo bo‘lgan keskin noroziliklar hisobga olinib, majburiy qoidaning amal qilishi 2021 yil 1 yanvarga qadar to‘xtatib turilgan edi.

Ya’ni ushbu talab avtomatik yonib turuvchi kunduzgi signal chiroqlari bilan jihozlanmagan avtomototransport vositalariga nisbatan tatbiq etilmasligi belgilangandi.

Bundan tashqari, mazkur qaror bilan:
  • 2020 yil 1 yanvardan mamlakatda ishlab chiqariladigan barcha avtomototransport vositalari ichki bozorga ishlab chiqaruvchi tomonidan avtomatik yonib turuvchi kunduzgi signal chiroqlari bilan jihozlangan holda chiqarilishi;
  • Respublikaga chet eldan import qilinadigan avtomototransport vositalarining avtomatik yonadigan chiroqlari bo‘lmasa, mamlakat ichkarisiga olib kirilishiga ruxsat berilmasligi kabi choralar belgilangan.

2021 yilning 1 yanvaridan boshlab, sutkaning har qanday vaqtida yaqinni yorituvchi chiroqlar yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanmagan haydovchilar jarimaga tortiladi.

MJtKning 128-moddasiga ko‘ra, ushbu huquqbuzarlik birinchi marta sodir etilganda 111 500 so‘m, bir yil ichida takror sodir etilsa 223 ming so‘m, bir yil ichida 3-marta sodir etilsa 669 ming so‘m jarima solinadi. 1 yil ichida 3 martadan ko‘p sodir etilganda haydovchi 892 ming so‘m jarima yoki transport vositasini boshqarish huquqidan 6 oyga mahrum etish bilan jazolanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » 1 yanvardan kunduzgi chiroqlarni yoqmay harakatlanish jarimaga sabab bo‘ladi