23:23 / 14.08.2021
2 117

Yo‘l qurilishiga sarflanadigan har bir so‘m jamoatchilik nazoratida bo‘ladi

Yo‘l qurilishiga sarflanadigan har bir so‘m jamoatchilik nazoratida bo‘ladi
Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan avtomobil yo‘llari sohasida moliyaviy ochiqlik va jamoatchilik oldida hisobdorlikni ta’minlashga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi muhokama uchun regulation.gov.uz portaliga joylashtirildi. Qaror bilan quyidagi yangiliklar joriy etilishi kutilyapti.

Hamma uchun ochiq bo‘lgan “SHAFFOF YO’L” onlayn axborot platformasi va uning mobil ilovasi ishga tushiriladi.

Platformada:
– avtomobil yo‘llari qurilishi bo‘yicha barcha davlat dasturlari va mahalliy dasturlar bir joyda jamlanadi;
– qurilishi va ta’mirlanishi rejalashtirilgan yo‘llarning barchasi onlayn-xaritada yaqqol ko‘rinib turadi, ya’ni ta’mirlanayotgan yo‘llar qandaydir “4K66” kabi tushunarsiz raqamlar bilan emas, balki shahar va ko‘cha nomigacha ushbu platformadan va mobil telefondan ko‘rib turish mumkin bo‘ladi;
– shu xaritaning o‘zida qurilishi yoki ta’mirlashni amalga oshirayotgan tashkilot, sarflanayotgan mablag‘, bajarilgan ishlarning ahvolini bevosita kuzatib borish imkoni paydo bo‘ladi;
– yo‘l jamg‘armalarining barcha tushumlari real vaqt rejimida Platformada “onlayn-hisoblagich”da ko‘rinib turadi, ya’ni masalan avtomobilingizni ro‘yxatdan o‘tkazganda yo‘l jamg‘armasiga to‘langan mablag‘ qayerga ketganligini shu zahoti bilib olsa bo‘ladi;
– aholiga yo‘llar nosozligi, harakatlanish uchun paydo bo‘lgan muammolar haqida foto- va videomurojaatlar qoldirish imkoniyati yaratiladi;
Shu munosabat bilan, Adliya vazirligi jamoatchilikni mazkur hujjat loyihasining muhokamasida faol ishtirok etishga chaqirib qoladi!

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Yo‘l qurilishiga sarflanadigan har bir so‘m jamoatchilik nazoratida bo‘ladi