20:50 / 01.09.2021
3 247

Suv havzasida muammosiz harakatlangan Rivian elektropikapi (video)

Suv havzasida muammosiz harakatlangan Rivian elektropikapi (video)
Amerikaning Rivian markasi tomonidan ishlab chiqarilgan R1T elektropikapi o‘zining yangi qobiliyatini namoyish etdi. Avtomobil chuqurligi 91 santimetrga teng sun’iy suv havzasiga tushirilgan bo‘lib, R1T hech qanday muammosiz uni bosib o‘tgan, deb xabar beradi Motor.

Test davomida Rivian R1T prototipi uzun basseynga «sho‘ng‘ib», sekinlik bilan unda harakatlangan va hech qanday muammosiz narigi tarafidan chiqqan. Sinov muvaffaqiyatli o‘tgan: suv mashina saloniga kirmagan va elektrokarning barcha tizimlari soz holatda qolgan. Keyinroq ishlab chiqaruvchi suv havzasining chuqurligi 91 santimetrdan ortiqligini ma’lum qilgan.

Rivian markasi R1T pikapiga buyurtmalarni 2020 yilning kuzidan boshlab qabul qilmoqda, ammo ishlab chiqarish hamon boshlanmagan: boshqa ko‘plab ishlab chiqaruvchilar kabi amerikaliklarga pandemiya xalaqit bergan. Electrek nashrining yozishicha, elektropikapni yetkazib berish ishlari sentabrdan boshlanadi.

Launch Edition modifikatsiyasiga ega R1T 765 ot kuchi va 1120 Nm aylanuvchi momentga ega dvigatel yordamida harakatga keladi. Model soatiga 97 kilometr tezlikka uch soniyada erishadi. Launch Edition to‘liq sotib olingan, qolgan ikki versiya —Adventura va Explore — 2022 yil boshida paydo bo‘lishi kerak.

R1T’ning o‘ziga xos xususiyatlari orasida «tank» rejimi ham mavjud bo‘lib, uning yordamida pikap joyida burila oladi: modeldagi g‘ildiraklar old va orqa o‘q bo‘yicha turli tomonlarga burilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Suv havzasida muammosiz harakatlangan Rivian elektropikapi (video)