11:00 / 31.10.2021
2 177

Ayrim shaxslarning avtomobilni boshqarish huquqi cheklanishi mumkin

Ayrim shaxslarning avtomobilni boshqarish huquqi cheklanishi mumkin
«Aliment qarzdorligini undirish tartibi takomillashtirilayotganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun xujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish rejalashtirilmoqda. Jumladan, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy tartibda ijro etilishini ta’minlash maqsadida ichki ishlar organlari qo‘shimcha ravishda quyidagi vazifalarni ham amalga oshiradi:
  • davlat ijrochisining so‘rovi asosida aliment to‘lovi bo‘yicha qarzdor jismoniy shaxsning transport vositalarini boshqarish huquqi to‘g‘risidagi ma’lumotni taqdim etadi;
  • qarzdor jismoniy shaxsning transport vositalarini boshqarish huquqini vaqtincha cheklash to‘g‘risidagi davlat ijrochisining qarori ijrosini ta’minlaydi;
  • transport vositalarini boshqarish huquqi aliment to‘lamaganligi uchun cheklangan fuqarolar reyestrini shakllantiradi.

Shuningdek qarzdorning transport vositalarini boshqarish huquqini vaqtincha cheklash qo‘llanilmaydigan holatlarga qo‘shimchalar kiritilishi taklif etilmoqda. Quyidagi holatlar ular jumlasiga kiritilmoqda:
  • sud qarorini ijro etish uchun yetarli mol-mulk olib qo‘yilgan taqdirda;
  • agar shunday cheklash belgilanishi qarzdor tirikchiligining asosiy va qonuniy manbaidan mahrum qilsa;
  • agar qarzdorga ijro hujjati talablarini bajarish uchun kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati berilgan bo‘lsa va boshqalar.

Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, transport vositasini boshqarish huquqi vaqtincha cheklangan qarzdor avtomobilni boshqarganligi uchun ma’muriy javobgarlikka tortilishini belgilash taklif etilmoqda. Bunday harakatning sodir etilishi 5 BHM miqdorida jarima solinishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Shuningdek ijro hujjatidagi talablar belgilangan muddatda aliment to‘lovi bo‘yicha qarzdor tomonidan uzrsiz sabablarga ko‘ra ijro etilmaganda unga litsenziya berish vaqtincha taqiqlanishi, shuningdek qarzdorga ilgari berilgan litsenziyalar, ruxsatnomalar va maxsus huquqlarning amal qilishi to‘xtatib turilishi mumkin.

Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Ayrim shaxslarning avtomobilni boshqarish huquqi cheklanishi mumkin