17:11 / 10.05.2024
308

Yerni kuchli magnit bo‘ronlari qoplaydi

Yerni kuchli magnit bo‘ronlari qoplaydi
Foto: CCO
Yerni 11 va 12 may kunlari kuchli magnit bo‘ronlari qoplaydi. Bunday kunlarda hatto sog‘lom odamlar salomatligida ham o‘zgarishlar kuzatiladi. Bu haqda Meteoagent xabar berdi.

Mazkur kunlarda K-indeksida 8 balli magnit bo‘roni kuzatilishi kutilmoqda. K-indeks geomagnit faollikni va bo‘ronlarni tavsiflovchi ko‘rsatkichdir. U qanchalik baland bo‘lsa, magnit bo‘roni shunchalik kuchli bo‘ladi. K-indeksi 0 dan 9 ballgacha ifodalanadi: 0 sokin, 1 kuchsiz, 2 va 3 kichik, 4 va 5 o‘rtacha, 6 va 7 kuchli, 8 va 9 ekstremal magnit bo‘ronidan dalolat beradi.

Rossiya Fanlar akademiyasiga ko‘ra, so‘nggi 20 yil ichida birinchi marta Yerda eng yuqori, beshinchi darajali (G5) magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin.

Uch kun ichida Quyosh bizning sayyoramiz tomon to‘rtta ulkan plazma bulutini ajratdi. Ulardan ba’zilari yo‘lda bitta, hatto kattaroq obyektga birlashadi, hisob-kitoblarga ko‘ra, ular bugun tunda (11 mayga o‘tar kechasi) Yerning magnit maydoniga tushadi”, — dedi Rossiya Fanlar akademiyasi Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi rahbari Sergey Bogachev.

Mutaxassis bo‘ron o‘zining eng yuqori cho‘qqisida kamida G4.33 bo‘lishi, 15 foizlik ehtimol bilan u 2005 yildan beri birinchi marta G5 darajaga chiqishini prognoz qildi. G uch soatlik intervalda K-indeksining maksimal qiymatini anglatadi. Ular o‘rtasidagi tafovut quyidagicha:

Magnit bo‘roni salbiy ta’sirining eng keng tarqalgan ko‘rinishlari quyidagilar:
- bosh aylanishi va bosh og‘rig‘i;
- uyqu buzilishi;
- diqqatni jamlash bilan bog‘liq muammolar;
- qon bosimning buzilishi;
- surunkali kasalliklarning kuchayishi;
- og‘riqlar, shuningdek, bo‘g‘imlardagi og‘riq;
- ishtaha buzilishi va ko‘ngil aynishi;
- holsizlik.

Bunday kunlarda organizmga yordam bo‘lishi uchun kuniga kamida 7-8 soat uxlash maslahat berilgan. Ratsiondan yog‘li va achchiq ovqatlarni olib tashlab, kuniga kamida 2 litr suv ichish tavsiya qilinadi. Qahva miqdorini kamaytirib, o‘simliklardan tayyorlangan choy iste’mol qilish kerak.

Shuningdek, kontrastli dush, ertalabki mashqlar, toza havoda yurish, yugurish magnit bo‘roni fonida salomatlikni yaxshilashga hissa qo‘shadi.

Eslatib o‘tamiz, 23 aprel kuni Quyoshda bir vaqtning o‘zida to‘rtta megachaqnash qayd etilgandi.
O‘shanda mutaxassislar magnit bo‘ronlari kuzatilishidan ogohlantirgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yerni kuchli magnit bo‘ronlari qoplaydi