Bangladeshda ota farzandi uchun oʻzini poyezd ostiga otdi

Bangladeshda ota o'z farzandini qutqarish uchun temir yo'lga tushib, hayotini xavf ostiga qo'ygan. O'g'il bola harakatdagi poezd rielsigacha tushib ketganida, ota zudlik bilan uni quchoqlab, yerga yotib olgan. Mavjud ma'lumotlarga ko'ra, ular mўjizaviy tarzda jiddiy jarohat olmadi va omon qolishdi. Ushbu voqea ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda va ota-onalarning mehrining cheksizligini yana bir bor ko'rsatmoqda.
Bangladeshda favqulodda va yurakni larzaga solgan voqea sodir boʻldi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda ota oʻz hayotini xavf ostiga qoʻyib, temir yoʻlga tushib ketgan farzandini qutqargani aks etgan.
Maʼlumotlarga koʻra, bola harakatlanib kelayotgan poyezd relsiga tushib ketgan. Shu payt ota zumda harakat qilib, uni bagʻriga bosgan holda yerga yotib olgan. Voqea juda qisqa fursat ichida roʻy bergan.
Shu holatda ularning ustidan bir necha vagondan iborat poyezd oʻtib ketgan. Guvohlarning aytishicha, bu daqiqalar qoʻrqinchli va yurakni muzlatuvchi vaziyat boʻlgan.
Eng hayratlanarlisi, ota va bola mo‘jizaviy tarzda jiddiy jarohat olmasdan omon qolgan. Hodisa atrofdagilarda katta shok va hayrat uygʻotgan.
Ushbu voqea internet foydalanuvchilari orasida keng muhokama qilinmoqda va ota-ona mehrining cheksizligini yana bir bor namoyon etgani taʼkidlanmoqda.






























Izohlar 0
…