O‘zbekistonda 12 ball to‘plagan haydovchilarga qanday chora ko‘riladi?

1 daqiqa o'qish286
O‘zbekistonda 12 ball to‘plagan haydovchilarga qanday chora ko‘riladi?

O‘zbekistonda joriy etilgan jarima ballari tizimi doirasida 12 balldan oshgan haydovchilar soni 49 nafarga yetdi. Ma’lum qilinishicha, ushbu haydovchilarga oid materiallar sudga yuborilgan.

Shu bilan birga, yana 132 nafar haydovchining jarima ballari 8 tadan oshgani qayd etilgan. Eslatib o‘tamiz, mamlakatda jarima ballari tizimi 2025-yil 1-iyundan boshlab amalga kiritilgan.

Unga ko‘ra, qizil chiroqda harakatlanish, qarshi yo‘nalishga chiqish, tezlikni oshirish hamda to‘xtash qoidalarini buzish kabi holatlar uchun haydovchilarga maxsus ballar yoziladi.

Qoidalarga muvofiq, haydovchi 8 ball to‘plaganda unga SMS orqali ogohlantirish yuboriladi. Agar jarima ballari 12 tadan oshib ketsa, haydovchilik huquqi sud qarori bilan bekor qilinishi mumkin.

Mutaxassislar haydovchilarni yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilishga chaqirmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?