date

Eron 2000 km masofaga uchuvchi “Arash 3” nomli yangi dronni taqdim etdi

Eron 2000 km masofaga uchuvchi “Arash 3” nomli yangi dronni taqdim etdi

Eron poytaxti Tehronda yangi kamikadze-dron — “Arash 3” rasman namoyish etildi. Maʼlum qilinishicha, mazkur dronning uchish masofasi 2000 kilometrgacha yetadi.

Bu esa uning nazariy jihatdan uzoq hududlargacha yetib borish imkoniyatiga ega ekanini koʻrsatadi. Dron “Eronga sadoqat” shiori ostida oʻtkazilgan mitingda jamoatchilikka taqdim etilgan.

Uning nomi fors mifologiyasidagi mashhur mergan Arash bilan bogʻlangan. Texnik maʼlumotlarga koʻra, dronning tezligi taxminan soatiga 600 kilometrni tashkil etadi.

Shuningdek, u taxminan 150 kilogrammlik jangovar qism bilan jihozlangan. Qayd etilishicha, dron sunʼiy yoʻldosh navigatsiyasi va ichki boshqaruv tizimi orqali harakatlanadi.

Bu esa GPS signali boʻlmagan holatda ham nishonga yetib borish imkonini beradi. Namoyish mintaqadagi geosiyosiy keskinlik kuchaygan davrga toʻgʻri kelgani taʼkidlanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Eron 2000 km masofaga uchuvchi “Arash 3” nomli yangi dronni taqdim etdi