date

Indoneziyada vulqon otilib, sayyohlar halok bo‘ldi

Indoneziyada vulqon otilib, sayyohlar halok bo‘ldi
Foto: Yandex

Bugun, 8 may kuni ertalab Indoneziya hududidagi Dukono vulqoni otilishi oqibatida kamida uch nafar sayyoh halok bo‘lgani xabar qilindi. Bu haqda BBC ma’lum qildi.

Mutaxassislar avvalroq sayyohlarga krater atrofidagi 4 kilometrli xavfli hududga yaqinlashmaslik haqida ogohlantirgan edi. Shunga qaramay, ayrim sayohatchilar 1335 metr balandlikdagi toqqa chiqishda davom etgan.

Qutqaruvchilar otilishdan so‘ng bedarak yo‘qolgan 20 kishilik guruhni izlab, tirik qolganlarni topdi va xavfsiz hududga olib chiqdi. Biroq qurbonlar jasadini aniqlash ishlari hali davom etmoqda.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, kamida besh kishi jarohat olgan. Otilish vaqtida vulqondan 10 kilometr balandlikkacha kul ustuni ko‘tarilgan. Dastlabki xabarlarda halok bo‘lganlar orasida xorijiy sayyohlar, jumladan, singapurliklar borligi aytilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, Dukono Indoneziyadagi eng faol vulqonlardan biri bo‘lib, so‘nggi oylar ichida yuzlab marotaba faollik kuzatilgan. Hozirda u xavf darajasi yuqori bo‘lgan hudud sifatida nazorat ostida qolmoqda.

Qutqaruv ishlari davom etmoqda, rasmiylar esa hodisa tafsilotlarini aniqlashtirish ustida ishlayapti.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Indoneziyada vulqon otilib, sayyohlar halok bo‘ldi